Emeri: "Obameyang vice-sardor bo'lishini jamoa istadi"

Mirjalol Normatov
6 okt 2019
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri hujumchi Per-Emeri Obameyang haqida gapirdi.

"Obameyang - tajribali futbolchi. Uning tajribasi jamoaga juda muhim. Uning vice-sardor bo'lishini jamoadagilar istashdi. U APLda yanada vaxshiyona o'yin ko'rsatmoqda. Shuningdek, barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishni biladi va jamoadoshlarini qattiq hurmat qiladi. Undan tashqari, Perning gollari jamoaga ko'plab ochkolar keltirmoqda", - dedi Emeri.

Gabonlik hujumchi ushbu mavsumda 7 o'yinda 7 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal