Emeri muxlislarga o'rta barmog'ini ko'rsatdi – undan "Good ebening"ni aytishni so'rashdi. U "Arsenal"da matbuot anjumanini shunday boshlagan

Alisher
1 avg 2022, 16:04
Emeri uning ustidan kulgan muxlislarga o'rta barmog'ini ko'rsatdi.

Oldin "Arsenal"da ishlagan "Vilyarreal" murabbiyi "Sautgempton" (2:1)ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng dastxatlar ulashdi.

O'sha paytda unga mahalliy muxlislar murojaat qilishdi. Ular so'rashdi: "Unai, good ebening deya olasizmi?". Muxlislardan biri buni bir necha bor takrorladi. Emeri unga qaradi va gapirmasdan, o'rta barmog'ini ko'rsatdi.

Emeri "Arsenal"da ishlagan paytida muxlislar va media tez-tez uning talaffuzini muhokama qilishardi. U matbuot anjumanini tez-tez "Good Evening" (xayrli kech) iborasi bilan boshlardi, ammo uning akcenti sabab bu so'z "Good ebening"ga o'xshab chiqardi.

Shu sabab ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar Emerining ustidan kulishardi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal