
"Avvalo muxlislardan uzr so'rayman. Ikkinchi gol meni xatoim tufayli o'tkazib yuborildi va mag'lubiyatga uchradik. Hammasini to'g'ri tushunib turibman. Ishqibozlar mendan ko'p narsa kutishmoqda. Lekin "Al Ahli" bilan bo'lgan uchrashuvda ularning ishonchlarini oqlay olmadim. Keyingi uchrashuvlarda hammasi yaxshi bo'ladi. O'yindan keyin murabbiyimiz ham golda xato qilganimni ta'kidladi. Yana bir bor barcha muxlislardan uzr so'rayman. Keyingi o'yinlarda ishqibozlarimizni xursand qilib, g'alabalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Gol bo'lgan vaziyatda to'pga sakrashga ulgurmay qolganim pand berdi. "Nasaf" muxlislari jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishsa ko'zlangan maqsadga yetishamiz deb o'ylayman", - deb o'z fikrlarini yakunladi Eldorbek Suyunov.