El-Shaaravi ijara asosida Jenoaga o'tishni istamadi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2013, 09:56
Jenoa yanvar oyida Milan hujumchisi Stefan El-Shaaravini ijaraga olishga urinib ko'rmoqchi edi.
Biroq futbolchining o'zi bu taklifni rad qildi, deb xabar bermoqda Sky Italy.

Jarohatlar bois 21 yoshli futbolchi A seriyaning atiga ikki o'yinida maydonga tushdi xolos. U 16 noyabr kuni safga qaytishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, El-Shaaravi 2011 yil aynan Jenoadan Milanga o'tgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru