

Musobaqa yakunlangach, Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilganini e'lon qildi.
"Bugun bir sahifa yopilmoqda... Mehr-muhabbatingiz uchun rahmat. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. 2008 yildan buyon birga boshimizdan o'tkazgan barcha quvonchli lahzalar uchun minnatdorman. Men terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Yo'qligimni bildirmaydigan o'rinbosarlar chiqib ulgurgan", – deb yozgan Azar.
Azar terma jamoa safida 126 uchrashuvda maydonga tushdi - 33 ta gol urib, sheriklariga 36 marta golli uzatma etkazib berdi.



