YCHLda hafta futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
28 noya 2024, 20:31
YCHL matbuot xizmati haftaning eng yaxshi futbolchisini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Florian Virtc ushbu etirofga loyiq ko'rildi. "Bayer" yarim himoyachisi YCHL umumiy guruh bosqichi 5-turida "Red Bull" darvozasiga ikkita to'p kiritdi va bitta golga assist vazifasini bajardi.

Virtc bu yo'lda "Sparta"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares, "Yang Boyz" darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan"Atalanta" yetakchisi  Mateo Retegi va "Shaxtyor" bilan bahsda dublini nishonlagan PSV hujumchisi Malik Tillmandan yuqoriroq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/ChampionsLeague