YCHL saralashi. Aziz Ibragimov jamoasi Qozog'iston klubi to'sig'idan o'ta olmadi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2017, 21:01
Bugun Yevropa chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi doirasidagi javob bahslari bo'lib o'tmoqda.

Latviyaning "Spartak" klubi bu bosqichda Qozog'istonning "Astana" klubiga qarshi kurash olib bordi. Bir hafta oldin Latviyada bo'lib o'tgan uchrashuvda Qozog'iston chempioni 1:0 hisobida zafar quchgandi. Bugungi javob bahsida 1:1 hisobi qayd etildi va "Astana" keyingi bosqichga chiqdi. Aziz Ibragimov "Spartak" safida to'liq 90 daqiqa harakat qildi.


"Astana" (Qozog'iston) - "Spartak Yurmala" (Latviya) 1:1
Gollar
: Patrik Tvumasi 59 - Edgar Vardanyans 72
Birinchi o'yin: 1:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia