ECHL. Hafta futbolchisiga kimlar nomzod?

Khoja
6 noya 2025, 08:48
ECHL matbuot xizmati hafta futbolchisiga nomzodlarni e'lon qildi.

Karlos Forbs ("Bryugge"), Mikel Merino ("Arsenal"), Fil Foden ("Manchester Siti") va Viktor Osimxen ("Galatasaroy") kabi futbolchilar hafta futbolchisi bo'lish uchun da'vogarlik qilishmoqda.

Forbes "Barselona" bilan 3:3 hisobidagi durangda ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi, Foden "Borussiya Dortmund"ga qarshi 4:1 hisobidagi g'alabada ikkita gol urdi, Viktor Osimhen "Ayaks"ga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik qayd etdi va Merino "Slaviya"ga qarshi bahsda ikkita gol urdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: UEFA.com