YCHL. Final Reyes xotirasiga bag'ishlab bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

1 iyun 2019, 19:00
UEFA Chempionlar ligasining "Tottenxem" va "Liverpul" jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan final uchrashuvi bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Ushbu akciya "Arsenal", "Real", "Atletiko" va "Sevilya" klublarining sobiq futbolchisi Xose Antonio Reyes xotirasiga bag'ishlanadi.

Ispaniyalik bugun YTH (yo'l transport hodisasi) oqibatida 35 yoshida vafot etdi. 

Uchrashuv Madridning "Vanda Metropolitano" o'yingohida Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com