YCHL. Akinfeev 10 yillik qora ananani davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
28 sen 2016
Tottenxem hujumchisi Son Xen Min YCHL 2-turida SSKA bilan o'yinda gol urdi (1:0).

Shunday qilib, Moskva klubi posboni Igor Akinfeev musobaqada ketma-ket 35-uchrashuvda ham gol o'tkazib o'z antirekordini yangiladi.

Eslatib o'tamiz, Akinfeev 17ta o'yinda gol o'tkazib bu antirekordni o'rnatgandi. PSV sobiq posboni Ronald Vaterres YCHLda ketma-ket 16ta o'yinda to'p o'tkazib yuborgan edi.

Akinfeevning antirekordi YCHL guruh bosqichi va pley-off bosqichidagi o'yinlar uchun amal qiladi.

So'nggi bor Akinfeev 2006 yilda Arsenal bilan safardagi o'yinda YCHL doirasidagi o'yinda gol o'tkazmagan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe