YCHL. 1/8 finalga qur'a tashlash marosimi soat 16.00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2013, 08:21
Bugun Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 16ta klub ikkita savatchaga ajratilgan: 1-savatcha (guruh g'oliblari) va 2-savatcha (ikkinchi o'rin sohiblari).

Bu bosiqchda bitta guruhda ishtirok etgan va bitta davlat sharafini himoya qilayotgan klublar to'qnash kelishmaydi.

1-savatcha: Manchester Yunayted, Real, PSJ, Bavariya, Chelsi, Borussiya Dortmund, Atletiko, Barselona.

2-savatcha: Bayer, Galatasaray, Olimpiakos, Manchester Siti, Shalke-04, Arsenal, Zenit, Milan.

Qur'a marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16.00da boshlanadi.

1/8 finalning dastlabki o'yinlari 18/19 va 25/26 fevral kunlari, javob bahslari 11/12 va 18/19 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Championat.asia va FIFA.UZ sayti hamkorlikda kichik tanlov e'lon qilgan. Unda ishtirok etib g'olib bo'lgan ishtirokchiga Yevropa chempionlar ligasi to'pi topshiriladi. Demak qur'aga qadar taxminlaringizni yozib qoldiring.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru