Dunyoning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylari ma'lum qilindi

Оқил Абдубарноев
30 mar 2023, 22:16
L'Equipe nashri dunyoning eng ko'p maosh oladigan murabbiylari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko'ra, “Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diego Simeone yiliga 29,8 million funt maosh bilan birinchi o'rinni egallab turibdi.

Ikkinchi o'rinni "Manchester Siti"dan yiliga 19,7 million funt maosh oladigan Xosep Gvardiola joy olgan. Yillik 15,7 million funt sterling maosh bilan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp kuchli uchlikka kirgan.

Top beshlikka, shuningdek, “Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter (yiliga 11,8 million funt) va “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri (yiliga 11,29 million funt) ham kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L'Equipe