Dostonbek Hamdamov - "Bunyodkor"ning oliy ligadagi 500-goli muallifi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2015, 18:55
Bugun oliy liganing 28-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bu o'yindan oldin "Bunyodkor" hisobida oliy ligada 497ta gol bor edi. Dostonbek Hamdamovning ikkinchi urgan goli "qaldirg'ochlar"ning oliy liigadagi yubiley 500-goli bo'ldi.

"Bunyodkor"ning oliy ligadagi umumiy statistikasi quyidagicha: 248ta o'yin, 182ta g'alaba, 40ta durang, 26ta mag'lubiyat, 501ta gol urilgan va 133ta o'tkazilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia