Dortmundning "Borussiya" klubiga Chiro Immobile kerak

Narzulla Saydullayev
2 apr 2014
Borussiya klubi rahbariyati Torino hujumchisi Chiro Immobilega qiziqib qoldi.
Uning transfer narxi taxminan 12 million evro turadi, deb xabar bermoqda Calciomercato. Germaniya klubi vakillari Italiyaga kelib futbolchining o'tishi borasida muzokara o'tkazishadi.

Futbolchiga egalik qilish huquqining yarmi Yuventusga ham tegishli. Shunday qilib, Borussiya birdaniga ikki klub bilan muzokara o'tkazishiga to'g'ri keladi.
 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net