"Dinamo" XXI asrda ilk bor Muborakda "Mashal"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
16 mar 2023, 21:32
Pro liganing ilk turida "Mashal" mehmoni bo'lgan "Dinamo" g'alaba bilan ortga qaytdi (3:1).

Samarqandliklar shu kungacha Muborakda "gazchilar"ga qarshi kubok bahslaridan tashqari, chempionat doirasida 16 bor kuch sinashgan. Shundan 13 tasida mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 2 ta o'yinda "Dinamo" g'olib chiqqan, yana bir bahsda esa durang qayd etilgan. 

Qiziqarli jihati, "arslonlar" ikkala g'alabasini ham XX asrda qo'lga kiritgan (1995, 1996 yilgi mavsum). Vadim Abramov boshqaruvida jamoa ushbu asrda ilk bor Muborakda g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia