Dinamo – Mashal o'yinini boshlanish vaqtlari ma'lum

30 may kuni Oliy liganing 11-tur o'yinlariga start beriladi.
Shu kuni jamoamiz Samarqandda mehmon bo'ladi. "Dinamo"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'lgan. Unga ko'ra 29 may kuni bo'lib o'tadigan yoshlar ligasi o'yini 17:00 da start oladi. Bu bahs Olimpiya zaxiralari sport kolleji maydonida bo'lib o'tadi. Uchrashuvni R. Lutfulin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

30 may kuni asosiy tarkib jamoalari bahsi "Dinamo" markaziy o'yingohida 17:30 da start oladi. O'yinni Temur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.

Oliy liga
11-tur, 30 may (shanba)

Dinamo (Samarqand) – Mashal (Muborak)  17:30
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

Manba: fcmashal.uz