"Dinamo" bugun Samarqandda yig'iladi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026, 11:37
Bugun, 23 fevral kuni "Dinamo" jamoasi Samarqanddagi qarorgohida yig'iladi, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ko'hna shahar jamoasi Toshkent va BAAda o'tkazilgan mavsumoldi yig'inlarini yakunlab, Samarqanddagi qarorgohida to'planadi va 28 fevral kuni Superliga 1-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi kechadigan o'yin uchun so'nggi tayyorgarlikni boshlaydi. 

1-tur o'yiniga qadar "Dinamo"ning mavsumoldi ananaviy tanishtiruv marosimi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda rasmiy ma'lumot beriladi.

Eslatib o'tamiz, Superliga 1-turining markaziy o'yini sanalmish "Dinamo" – "Navbahor" uchrashuvi 28 fevral, shanba kuni soat 19:15 da boshlanadi. Samarqanddagi o'yinga qiziqish juda yuqori, yaqin orada o'yin chiptalari va markaziy sektor uchun mavsumiy abonementlar sotuvi bo'yicha rasmiy e'lon beriladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати