"Dinamo" Armaniston chempionini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
22 yanv 2022, 12:06
Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Dinamo jamoasi safiga Mixaylo Yovanovich kelib qo'shildi. Serbiyalik 32 yoshli markaziy himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U Samarqand jamoasi tarkibiga erkin agent sifatida qo'shildi.

Mixaylo Yovanovich faoliyati davomida Mladost (Serbiya), Sloga (Serbiya), Karvina (Chexiya), Zbroyovka (Chexiya), Vojdovac (Serbiya), Neman (Belarus), Taraz (Qozog'iston, 2019), Indjiya (Serbiya, 2020) va Alashkert (Armaniston) klublari sharafini himoya qilgan. Xususan, so'nggi 2021 yilda Erevanning Alashkert klubi safida Armaniston chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати