Dilshod Nuraliev: "Mundialga tayyormiz"

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 11:49
Bugun, 11 oktyabr, juma kuni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
“Jahon chempionatiga qadar har oyda goh xorij, goh Toshkentda yig'in o'tkazdik. Jami 10ta yig'in tashkil etildi, shulardan 5tasi xorijda bo'ldi. So'nggisi Ispaniyada bo'lib o'tdi u yerdagi raqiblarimiz jiddiy bo'ldi. O'ylaymanki bu o'yinlar va mashg'ulotlarimiz mundialda as qotadi”, - deydi Dilshod Nuraliev.

- Osiyo chempionatidan keyin nechta futbolchini sinab ko'rdingiz?
- Oliy liga qoshidagi yoshlar jamoasi va birinchi ligani muntazam kuzatdik. Yanvar oyini o'zida 23 nafar futbolchini ko'rdik va u yerda terma jamoa talabiga javob beradiganlarni olib qoldik. Ispaniyadagi so'nggi yig'inda ham bitta futbolchini kuzatdik. Jami 75 nafar futbolchi Osiyo chempionatidan keyin sinovdan o'tkazdik. Yo'qotishlar ham bo'ldi. Shundan kelib chiqib 21 nafar futbolchi nomzodida to'xtadik. 5 nafar futbolchimiz jarohat tufayli safdan chiqqani yomon bo'ldi. Hamdamov va Shukurov biroz tuzaldilar. Ilhom Abdug'aniev shifokorlar ruxsat berishmadi. Jamoamizning vice-sardori Muhiddin Odilovning ham jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Ulug'bek Davlatov ham jiddiy yo'qotish.

- Osiyo chempionlari oldiga JCHda qanday vazifa qo'yilyapti?
- Finalda bizdan mag'lubiyatga uchragan Yaponiya 2 daqiqa o'tar-o'tmas o'zini tutib oldi va bizni tabriklab ketishdi. Chunki bu yosh milliy terma jamoa uchun poydevor bo'lishi kerak va natijani deb katta bosim ostida qolish kerak emas. O'z vaqtida Nesterov, Jeparov va Tursunovlar o'smirlar terma jamoasida o'ynagan, o'sha vaqtda natija bo'lmagan ammo ular hozir terma jamoa a'zolari. Asosiy vazifa milliy terma jamoa uchun munosib o'yinchi bo'lib yetishish.

- Raqiblarni o'rganish qanday kechyapti?
- Jamoalarni o'rgandik bazilarini diskini, bazilarining o'yinini stadiondan ko'rdim. Bu o'yinlarda kimda katta ishtiyoq bo'lsa o'sha g'alaba qozonadi.

- O'tish bosqichida yigitlarni xarakterida o'zgarish bo'lmayaptimi?
- Bu siz bo'lmaydi. Buni yaxshi tushungan holda futbolchilar bilan tinmay ishlayapmiz. Yordamchilar ham ko'maklashishyapti. Bu yoshda kimdir sevib qoladi, kimdir urishib qoladi.

- Argentina bilan o'yindan kelib chiqib hakamlar O'zbekistonga qarshi qarorlari ko'p bo'ldi. Biz haqi jahon futbolida brend sifatida shakillanmaganmiz. JCHda bu qimmatga tushishi mumkin 50/50 vaziyatda hakam raqib foydasiga qaror chiqarishi mumkin. Bu borada futbolchilar bilan ishlanyaptimi?
- Bu borada Ispaniya katta tajriba maktabi bo'ldi. Biz bunday o'yinga qarshi kurashishni ham o'rgandik. Masalan, Argentina futbolchilari tupurishgacha bordilar ammo hakam bee'tibor bo'ldi.

- Ispaniyada bironta o'yinda ham gol ura olmaganimiz sizni xavotirga solmayaptimi?
- Albatta bu meni ham futbolchikarni ham xavotirga soldi. Muhiddin Odilovdan keyin 10ta hujumchini sinadik natija past. Bitta futbolchini nomini aytmayman jamoasida juda kuchli o'ynayapti. Lekin terma jamoaga kelganda natija yo'q. Terma jamoa va klubi o'rtasidagi o'yin o'rtasida katta farq bor. Bu narsa avvaldan bor.

- Balki bu 1-ligada kelishilgan o'yinlar soni ko'pligidandir. Kelishilgan o'yinda men ham gol ura olaman (Nodirxo'ja Yuldashev)
- Ochig'i 1-ligada bu haqda axborotga ega emasman. Lekin tan olish kerak 1-liga saviyasi bu yosh jahon chempionati uchun past.

- Osiyo chempionatida Akobir To'raev guruh o'yinlaridan keyin o'zini ko'rsata olgandi. Bu safar ham kashfiyotingiz bormi?
- Topdim deb o'ylayman. Buni endi o'yinlar ko'rsatadi.

- Firdavs Asadov haqida...
- Yaponiya bilan o'yinda sinab ko'rdik va unga maxsus dastur berdik. Keyin bu bola “Bunyodkor” akademiyasiga taklif qilindi va 2 oydan keyin u yerdan ham ketdi. Bir yil futboldan chetda yurdi, Usmon Toshevgina uni o'z jamoasiga chaqirdi. Uning birgina aybi termadagi qolgan hujumchilar undan ustun. Asadovga kelajakda omad tilayman.

- Alohida umid bildirayotgan futbolchingiz bormi?
- O'yinchilarning barchasidan umidim katta.

- Terma jamoalarni guruhdan chiqishiga o'rganib qoldik. Agar bu safar chiqa olmasak bu fojea bo'ladimi?
- Avvalo yaxshi niyat qilish kerak. Hammamiz yaxshilikni o'ylaylik sizga ham, bizga ham, futbolchilarga ham yaxshi bo'ladi.

- 10 yil avval Osiyo chempionatiga ketayotganlarida nom qozongan futbolchilar bo'lardi. Oliy liga vakillari bo'lardi. Yoki 1995 yida tug'ilgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoani olsak. Har bir terma jamoani shaxsi bo'lardi. Bugun oliy ligadan yosh terma jamoalardan oyinchi yo'q.
- Bizda chiziq bo'ylab o'yinchilar bor. Himoya va yarim himoyada ham yaxshi futbolchilar jamlanishgan.

- Savolni biroz o'zgartirsak. To'g'ri siz klublarni majburlay olmaysiz o'yinchini asosiy tarkibga qo'y deb ayta olmaysiz. Bugungi yigitlarni saviyasidan kelib chiqib oliy ligada o'ynab keta oladilarmi? Balki PFLni majburlash kerakdir oliy ligada bitta 19 yoshgacha o'yinchi bo'lsin deb.
- Hech bo'lmasa Oliy ligada yoshlar musobaqasini 17-19 yoshlargacha qilish kerak. Yoshlarga hamma ham e'tibor bermayapti. “Paxtakor” misolida ko'rdikku, imkon bersa yaxshi o'yinchilar ko'p.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia