Diego Simeone: "Qaytarilgan penalti bizga ishonch berdi"

Narzulla Saydullayev
4 may 2016, 07:52
"Atletiko" ustozi Diego Simeone "Bavariya"ga qarshi o'yindan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.

– Bu juda hayajonli vaziyat. "Bavariya" birinchi bo'limni juda ham yaxshi o'tkazdi, bu juda kuchli jamoa. Qaytarilgan penalti bizga ishonch bag'ishladi. Tanaffusdan so'ng o'yinimizni o'zgartirdik va kuchli tomonlarimizni ko'rsatdik. Torresning urolmagan penaltisi jamoaga ta’sir qildi, lekin baribir finalga chiqdik. Xuddi filmlardek - triller, qo'shib berilgan besh daqiqa, - deydi murabbiy VVS nashriga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com