Diego Lopes: "Real" uchun eng muhimi - "Atletiko" bilan derbi oldidan qozonilgan g'alaba"

Tolibjon Qosimov
26 sen 2013, 13:14
"Real" darvozaboni Diego Lopes Ispaniya chempionati oltinchi turidan o'rin olgan "Elche"ga qarshi mehmondagi o'yinda gol o'tkazib yuborganidan afsusda, deb yozmoqda ispan matbuoti.
"Real" o'yin davomida 1:0 hisobida oldinda borgan bo'lsa-da, qo'shimcha vaqtda gol o'tkazib yuborishga ham, urishga ham erishdi. Hakamning so'nggi daqiqalardagi qarorlari katta baxslarga sabab bo'ldi.

"Keyingi turdagi "Atletiko"ga qarshi derbi oldidan ushbu g'alaba ayni muddao. Raqiblar juda faol o'ynashdi va biz o'tkazishimiz lozim bo'lmagan golni qo'yib yubordik. Eng muhimi esa biz uch ochkoni qo'lga kirita olganimizdir", dedi Lopez.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com