
– Kot-d`Ivuardek katta bo'lmagan davlat uchun bu ketma-ket uchinchi mundial bo'ladi. Terma jamoa bilan birga tarixdan o'rin olganimdan xursandman. Senegal bizga qarshi o'yinda bir daqiqa bo'lsa ham taslim bo'lgani yo'q. Biz esa bu g'alabadan sarmastmiz. Jahon chempionatida o'zimizni ko'rsatishga urinamiz. O'tgan mundiallar biz uchun og'ir o'tgandi. Bu safar yaxshiroq ishtirok etishga umid qilamiz, - deydi Drogba L`Equipe nashriga.