Dibala faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2023, 21:08
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga qaraganda, argentinalik transferiga Saudiya Arabistonining ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq ushbu jamoalar nomi ma'lum qilinmayapti.
Ushbu klublar "Roma"ga Dibala transferi uchun 35 mln evro taklif qilishga tayyorligi aytilmoqda.