

"Yuventus" vingeri Anxel Di Mariya Argentina termasida qoladi. Bu haqda jurnalist Gaston Edul xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Di Mariya JCH-2022 g'olibi bo'lganidan keyin terma jamoada o'ynashda davom etadi.
Shu kungacha 34 yoshli vinger Argentina terma jamoasi safida 129 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol urgan.



