Di Franchesko: "Roma" "Barselona"dan qo'rqmasligi kerak"

Mirjalol Normatov
29 mar 2018, 14:26
"Roma" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko YCHL 1/4 finali doirasida "Barselona"ga qarshi uchrashuv haqida gapirdi.

"Barcha fikrlarimiz faqatgina shu uchrashuv haqida, biroq ungacha "Bolonya"ga qarshi o'ynashimiz kerak. Bu uchrashuv kuchli uchlik uchun kurashda juda muhim. Natijani qo'lga kiritish va ishonchni saqlab qolish kerak.

Messini qanday to'xtatish mumkin? Biz faqatgina bir futbolchi haqida o'ylamasligimiz kerak. "Barselona"ni to'xtatish zarur. Albatta, Leoga alohida e'tibor beriladi.

"Barselona"ni hurmat qilamiz, biroq ulardan qo'rqmasligimiz kerak", - dedi murabbiy.

"Barselona" – "Roma" uchrashuvi 4 aprel kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia