Devid Bekxem: "Jerrardning Angliya termasida qolishini judayam istayman"

Aziz Tukhtamuradov
13 iyul 2014, 19:10
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem Stiven Jerrardni terma jamoadagi faoliyatini davom ettirishga chaqirdi.

"Jerrard terma jamoadagi faoliyatini davom ettirsa yaxshi bo'lardi. JCH-2014 terma jamoa uchun omadsiz bo'lgan bo'lsa ham.

Sardor jamoa oldida mas'uliyatli bo'lishi zarur. Stiv bu ishni anchadan beri "Liverpul"da ham, terma jamoada ham amalga oshirib keladi. U olg'a etaklash borasida benazir.

Men Jerrard terma jamoada o'ynashda davom etishini judayam istardim. Chunki, yoshlarimizga yetakchi zarur. Fikrimcha, u ajoyib sardor", - deydi Bekxem.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru