Desham Marsyalning jarohati haqida gapirdi

Alisher
31 mar 2021, 13:46
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2022 saralashi doirasidagi Qozog'iston (2:0)ga qarshi o'yinda jarohat olgan forvard Antoni Marsyal haqida gapirdi.

"Antonida tizzasi bilan bog'liq kichik muammolar bor. Jarohat jiddiy emas. 

U Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda ishtirok eta oladimi yoki yo'q, ma'lum emas", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Bosniya va Gercegovin - Fransiya o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal