Dembele "Arsenal"ga o'tishi mumkin, "Barselona" fransiyalikning o'rniga Remsini olmoqchi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018, 15:11
"Barselona"ning fransiyalik hujumchisi Usmon Dembele yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

Ikki klub o'rtasidagi muzokaralar paytida kataloniyaliklar kelishuvga yarim himoyachi Aaron Remsini qo'shishni so'radi. "Arsenal" ustozi Unai Emeri Dembelega shaxsan o'zi qiziqmoqda va fransiyalik futbolchi uchun Remsini "qurbon" qilishi mumkin.

Oldinroq, Remsi "Chelsi"ga o'tishi mumkinligi, ko'klar futbolchi uchun 34 mln. evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun