Demba Ba Trabzonspor bilan kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2014, 08:49
Trabzonspor yanvar oyida Chelsi hujumchisi Demba Bani sotib olmoqchi.
Turk klubi 28 yoshli senegallik futbolchi bilan kelishuvga erishib bo'ldi. Bu haqda Trabzonspor prezidenti Ibrohim Xojiusmono'g'li.

Ba bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdik. Ha, Torresning jarohatidan so'ng Mourinyo Bani qo'yib yubormoqchi emasligini ma'lum qildi, ammo biz hamon uni qo'lga kiritishni istayapmiz, - deydi Xojiusmono'g'li.

Eslatib o'tamiz, hujumchiga Arsenal, Fiorentina va Beshiktosh klublari ham qiziqishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru