Del Boske: Isko – Ispaniya termasining kelajagi

5 iyul 2013, 10:56
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyining takidlashicha, u “Real” klbi yarim himoyachisi Iskoga katta umid bog'layapdi, deb xabar beradi ispan OAV.

So'nggi mavsumda “Malaga” tarkibida Isko juda yaxshi o'yin namoyish etdi va barchada katta tasurot qoldirdi.

“Isko Ispaniya terma jamoasining kelajagi hisoblanadi. Biz unga katta umid bog'laganmiz”, - deydi Del Boske.

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Xavi Ernandes haqida Jahon va Yevropa chempionalar murabbiyi shunday deydi: “Futbolchining yoshi biz uchun hech qanday muammo tug'dirmaydi. Xavi albatta o'zining yuqori o'yin uslubiga qayta oladi. Men Xavining yoshi, futbolchi uchun to'siq bo'ladi deb o'ylamayman. Biz uchun eng kerakligi, futbolchi o'yin darajasining yuqoriligidir”.


Manba: championat.com