De Zerbi bir shart bilan klubini o'zgartirishga tayyor

Alisher
31 mar 2024
"Brayton" bosh murabbiyi Roberto de Zerbi ma'lum shartlar asosida jamoadan kyetishga tayyor.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, italyan agar top-klubdan taklif olca ish joyini o'zgartirishi mumkin.

Oldinroq, de Zerbining nomzodini "Barselona", "Liverpul" va "Bavariya" ko'rib chiqayotgani aytilgandi. Robertoning "chaykalar" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Italyan "Brayton" bosh murabbiyligiga 2022 yilning kuzida kelgan. Jamoa APLda 28 turdan so'ng 42 ochko bilan jadvalda to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira