De Yong "Inter" bilan o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2022, 14:52
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasi doirasida "Inter"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.

Bu haqda AS xabar bermoqda. 

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi niderlandiyalik futbolchini Milanga boradigan futbolchilar ro'yxatiga kiritmagan.

De Yong Niderlandiya terma jamoasi safida chap sonidan jarohat olgan. Gap jiddiy jarohat haqida bormayapti, ammo "Barselona" futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana