Davron Fayziev: “Eng yaxshi o'yinni namoyish etib mag'lub bo'lish juda alamli”

Narzulla Saydullayev
29 sen 2013, 20:00
“Paxtakor” – “So'g'diyona” (4:3) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev ishtirok etdi.
“Bugungi o'yin ko'pchilikka yoqdi va gollarga boy boldi. Biz uchun eng yomoni g'alabaga yaqin turib muhim ochkoni qo'ldan boy berdik. Bugun chempionga qarshi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatib mag'lubiyatga uchrash alam qildi”, - deydi Fayziev.

- Ancha vaqtli himoyaga yotib olmadinglarmi?

- “Paxtakor”ni qarshi hujumlarda poyladik. 3:1 oldinda borayotgan vaqtda yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy bergan edik. Agar o'shanda hisob o'zgarganida g'alaba qozonishimiz aniq bo'lar edi. “Paxtakor”ni zaxirasi biznikiga nisbatan yaxshi va ularni futbolchilarida tajriba katta. Bizda esa bu kamchilik.

- Kecha “Guliston” mag'lubiyatga uchraganidan keyin hamkasb va do'st sifatida Ashurmatovga nima deysiz?

- Buni internetda o'qidim. Telefon qilib tusha olmadim. Telefoni o'chiq ekan. Maqsadsiz jamoada ishlash qiyin. Uni vaziyatidan yaxshi xabardor edim. Bazan maslahatlashib turardik.

- Bugungi o'yindan maqsad nima edi?

- Yoshlarimiz Yangiyerda o'zimiz Zominda. Jizzaxda mashg'ulot. Bizga ham oson emas. Lekin “Guliston” kabi klubni o'z holiga tashlab qo'yishmagan. Saytda prevyuni o'qib shu narsani bildimki so'nggi marotaba jamoamiz Toshkentda 1995 yil g'alaba qozongan ekan. Bugun “Paxtakor” biroz bo'lsada bizni mensimasligi ma'lum edi. Shundan foydalanishimiz kerak edim. Afsuski kichik xatolar qimmatga tushdi. Maqsadimiz o'z ornimizni saqlab qolish. Bu jamoa yosh va biroz ishlashimiz kerak.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia