David Silva APLda rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 10:15
APLning 7-turida "Manchester Siti" safarda "Everton"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

"Shaharliklar" futbolchisi APLda 200-g'alabasiga erishdi. Buning uchun u 289 uchrashuvda qatnashdi. OPTA xabariga ko'ra, bu natija turnirning rekordi hisoblanadi.

33 yoshli Silva "Siti" tarkibida 2010 yildan buyon harakat qilmoqda. Ushbu mavsumda u 1 gol va 5 assistentlikni qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA