Daily Mail: Rossiya terma jamoasi dopingdan foydalanishni reja qilgan

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2018, 17:09
Rossiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatida dopingdan foydalanishni rejalashtirgan ekan.

Ma'lumotlarga ko'ra, rossiyaliklar turnir davomida taqiqlangan moddalardan foydalanib, futbolchilar topshirgan namunalarni almashtirib qo'moqchi bo'lgan.

FIFA bu borada tekshiruv ishlari o'tkazib, Moskva antidoping laboratoriyasi sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkov bilan muloqot qilmoqchi.

Oldinroq, FIFA 34 nafar rossiyalik sportchilarni doping qabul qilishda shubhalanayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail