Coca Cola Superliga. Bugun 19-tur start oladi. AGMK Muborakda mehmon

Narzulla Saydullayev
17 okt 2020, 07:30
Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin bo'lib o'tadi.

Oxirgi 4ta turda 4 marta mag'lub bo'lgan "Mashal" o'z maydonida so'nggi 4ta turda umuman yutqazmagan AGMKni qabul qiladi.

Bu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 19 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 9 marta "Mashal" g'olib bo'lgan, 6 marta AGMK zafar quchgan. Qolgan 4ta bahsda durang qayd etilgan.

Birinchi davrada Olmaliqda o'tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishgandi.

AGMK o'z tarixida hech qachon Muborakda g'alaba qozona olmagan: 2ta durang, 7ta mag'lubiyat.

Bugungi o'yinda "Mashal" himoyachisi Samandar Shukurullaev sariq kartochkalari 4taga etgani bois maydonga tusha olmaydi. AGMKda Igor Zonich va Mirjamol Qosimov bugungi bahsda qatnashishmaydi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia