Chezare Prandelli: "Buffon JCH-2014da Italiyaning asosiy darvozaboni bo'ladi"
Narzulla Saydullayev
9 noya 2013, 12:41
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandelli so'nggi kunlarda tanqid qilinayotgan Yuventus posboni Janluiji Buffonni yonini oldi.
- Men hech qachon Buffonning o'yinlariga shubha bilan qaramaganman. U JCH-2014da asosiy darvozabon bo'ladi. Nuqta! Uning tajribasi va jahonda tensiz bo'lishga intilishi bizga yordam beradi, - deydi Prandelli Tuttosport nashriga.