Cherishev hamyurtimiz Vitaliy Denisov bilan bo'lgan voqea uchun diskvalifikaciya qilindi

5 iyun 2019, 20:40
"Nijniy Novgorod" bosh murabbiyi Dmitriy Cherishev bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

50 yoshli mutaxassis Rossiya Premer-ligasiga yo'llanma beruvchi o'ytish o'yinining javob bahsida "Krilya Sovetov" himoyachisi Vitaliy Denisov bilan bo'lgan mo'jarodan so'ng chetlatilgandi. 

Cherishev Denisovning futbolkasidan tortgan va to'pni yon chiziqdan kiritishiga to'sqinlik qilgan. Murabbiy bu ishi uchun "Krilya Sovetov" - "Nijniy Novgorod" (0:1) uchrashuv bosh hakami Sergey Karasyovdan uzr so'ragan, ammo bu harakati uchun maydondan chetlatilgan. 

Cherishev hakamning qaroriga aralashgani tufayli Rossiya chempionatining bitta o'yinini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.

Qayd etish kerak, "Krilya Sovetov" klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra umumiy 3:2 hisobida g'alaba qozonib, RPLdagi o'rnini saqlab qoldi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: tass.ru