"Chelsi"ga MYU futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
1 may 2018
"Chelsi" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Antoni Marsyalning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, yozda 22 yoshli futbolchini transfer qilishni rejalashtirmoqda. "Tottenxem" va "Yuventus" kabi jamoalar ham futbolchini sotib olishni istamoqda.

Bu mavsumda futbolchi "Manchester Yunayted" tarkibida 43 uchrashuvda qatnashib, 11 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph