"Chelsi" "Yuventus"ga taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
27 avg 2023, 17:50
Romelu Lukakuning "Chelsi"dan ketish ishlari qiyinlashmoqda.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Chelsi" futbolchisini sotib olish sharti bilan "Yuventus"ga ijaraga berish sharti bilan chiqqan. Biroq bu taklif turinliklarga maqul kelmagan.

Italiya klubi o'z tarkibida hujumchi Dushan Vlaxovichni saqlab qolishni istayotgani, undan ko'ra "Chelsi" hujumchisini "Roma"ga ijaraga bergani maqulroq ekanini ma'lum qilishgan.

Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsumni "Inter"da ijarada o'tkazdi. Milan klubi tarkibida u 37 o'yinda 14 gol va 7 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport