

Takidlanishicha, "neradzurrilar" yozda Eriksenni qo'yib yuborishga qarshi emas. "Chelsi" rahbariyati esa 28 yoshli daniyalik futbolchini Jorjino bilan almaytirmoqchi. Klub "rokirovka" masalasini muhokama qilishmoqda. Avvalroq Eriksenning "Tottenxem"ga qaytishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlar tarqalgan edi.
U joriy mavsum 18 o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi. Futbolchining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi. 29 yoshli Jorjino va "Chelsi" o'rtasidagi hamkorlik esa 2023 yilga qadar mo'ljallangan.




