"Chelsi" va "Atletiko" Feliks borasida og'zaki kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
9 yanv 2023, 21:33
Joau Feliks mavsumning qolgan qismini "Chelsi"da o'tkazadi.

London klubi "Atletiko" bilan futbolchining ijarasi borasida og'zaki kelishuvga erishdi. The Athletic muxbiri Devid Ornsteynning so'zlariga ko'ra, "ko'klar" taxminan 11 million evro to'laydi.

Feliks xizmatlariga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirgandi. Joauga esa "Chelsi" varianti maqul keldi.

La Liganing joriy mavsumida portugaliyalik futbolchi 14 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/David_Ornstein