"Chelsi" "Sporting" bosh murabbiyi bilan muzokaralar olib bordi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2023
"Sporting" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Chelsi" boshqaruviga kelishi mumkin.

Bu haqda "The Guardian" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar muzokaralar o'tkazishgan. Shuningdek, "ko'klar" short-listdan o'rin olgan nomzodlardan kamida to'rt nafari, jumladan, Luis Enrike va Yulian Nagelsmann bilan ham aloqaga chiqqan. Londonliklar Maurisio Pochettino, "Ayntraxt"dan Oliver Glazner, "Bayer"dan Xabi Alonsoga qiziqish bildirishmoqda.

Hozirda klubni Frenk Lempard boshqarmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian