"Chelsi" sartaroshni ishdan bo'shatib yubordi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
9 noya 2017, 18:31
Sartarosh Ahmad Alsanavi endi "Chelsi" bazasiga kirib, futbolchilarning sochini kaltalab qo'ya olmaydi.

London klubi bazasi oldida Alsanavining shaxsiy sartaroshxonasi bor va u tez-tez "Chelsi" bazasida futbolchilarning sochini olib, keyinroq ular bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylar edi.

Sartarosh o'yin kunlari kirish taqiqlangan klub bazasiga kelishni boshladi. Bu harakatlar rahbariyatga yoqmadi va Alsanavi ishdan bo'shatildi.

"O'z biznesini rivojlantirish yo'lida futbolchilarning surati va imzosi tushirilgan futbolkalardan foydalanish - ortiqcha. Futbolchilarda obraz huquqi uchun shartnomalar, klubda homiylar bor va buning uchun millonlab funt to'lashadi.

Uning erkinligi juda ko'payib ketdi. U xatto o'yin kunlari ham bazaga kela boshladi. Bu haddidan oshish edi, shuning uchun sartarosh endi bizga xizmat qilmaydi" - deydi klub vakillaridan biri.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun