"Chelsi" Ramosning agenti bilan aloqaga chiqdi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2015, 14:06
Serxio Ramosda faoliyatini davom ettirish uchun yana bir variant paydo bo'ldi.
Daily Express nashrining xabariga ko'ra, "Chelsi" rahbarlari "Real" himoyachisining vakillari bilan aloqaga chiqishgan.

Serxio Ramosning "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi bir yarim yildan so'ng tugaydi. "Real" kelishuvni uzaytirmoqchi lekin himoyachi bunga shoshilmayapti. "Chelsi" rahbariyati Ramosning agentidan transfer amalga oshish ehtimolini so'radi.

Oldinroq Ispaniya terma jamoasi a'zosiga "Manchester Siti", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru