"Chelsi" qishda Ronalduni sotib olishga tayyor

Mirjalol Normatov
23 okt 2022, 17:55
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Sunday World" nashrining yozishicha, unga "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bor. O'z navbatida Ronaldu ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun maoshining kamayishiga rozi.

MYU bosh murabbiyi Erik ten Xag esa qishda Ronalduning ketishiga qarshilik qilmoqda. U ushbu mavsum yakunlanganidan keyingina futbolchining ketishiga rozilik beradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sunday World