"Chelsi" Potterni dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri deb hisoblaydi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2023, 16:27
"Chelsi" bosh murabbiy Grem Potterni iste'foga chiqarmoqchi emas.

Manba bergan xabarga ko'ra, London klubi 47 yoshli mutaxassisni dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri deb hisoblamoqda. "Ko'klar" uning faoliyatini joriy mavsum natijalariga qarab emas, balki bir necha yil davomidagi ko'rsatkichlaridan kelibi chiqib baholaydi. "Chelsi" Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa ham, Potter iste'foga chiqarilmaydi.

London jamoasi boshliqlarining fikricha, uning klubga mavsum o'rtalarida kelgani, shuningdek, futbolchilarning ko'p sonli jarohatlari Gremning joriy mavsumda ijobiy natija ko'rsatishiga to'sqinlik qilgan. "Chelsi" Mikel Artetaning "Arsenal"dagi muvaffaqiyatiga asoslanadi, chunki unga ishonildi va vaqt berildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic