"Chelsi" Obameyangni "Marsel"ga tekinga qo'yib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyul 2023, 18:33
Hujumchi Per-Emerik Obameyang "Chelsi"ni tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "aristokratlar" forvardni "Marsel"ga tekinga qo'yib yuborishga rozi. Gabonlik futbolchi yangi klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Bugun Obameyang Fransiyaga yetib keladi va ertaga "Marsel" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport