Chelsi Natanning transferi amalga oshganini e'lon qildi

15 may 2015, 09:30
Atletiko Paranaensening yosh futbolchisi Natan Chelsi futbolchisiga aylandi.
Natan yozda "aristokratlar" safiga kelib qo'shiladi. Futbolchi rasman "Chelsi" a'zosiga aylandi.
"Men "Chelsi" libosini kiyishimdan juda mamnunman va xursandman. Men bu yerda juda ko'p narsalarni o'rganaman va o'yinimda o'sishga erishaman deb o'ylayman", - deydi 19 yoshli braziliyalik futbolchi Natan.

Manba: sports.ru