"Chelsi" Moratani argentinalik hujumchiga almashtirmoqchi

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2018, 16:51
"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata "Yuventus"ga qaytishi mumkin.

Oldinroq, "Chelsi" "keksa sinora" forvardi Gonsalo Iguainga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Londonliklar Moratani Iguainga almashtirishni xohlashmoqda. Ispaniyalik hujumchi ham sobiq klubiga qaytishga rozi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Alvaro Morata 2014-2016 yillarda "Yuventus" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport